So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Izboskandagi masjidda yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat qo‘zg‘atildi — Andijon viloyat prokuraturasi
Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjidda yuz bergan portlash bo‘yicha jinoiy ish ochilgan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.
Aniqlanishicha, Izboskan tumanda joylashgan “Ahmadali hoji” masjidining tahoratxona binosi yerto‘lasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga to‘planib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir bo‘lib, bino qulab tushgan.
Natijada bino ichida bo‘lgan 10 nafari shaxs turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxslar voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205, 259-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov harakatlari davomida barcha xolatlar to‘liq o‘rganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi,
deyiladi xabarda.