So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi
“Qishloq xoʻjaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini koʻpaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-131-son, 28.03.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, barcha turdagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarni ijaraga berishda 2025-yil 11-martdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:
elektron onlayn auksion savdosini oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnomani eʼlon qilish muddati 15 kundan 5 kunga, takroriy savdolarda – 5 kundan 1 kunga qisqartiriladi;
takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda eʼlon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;
har takroriy savdoda lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlangʻich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.
2025-yil 1-apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlash va toʻlov toʻliq toʻlanganda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu toʻlovlar 15 ish kuni ichida toʻliq toʻlanishi shartligi belgilandi.
2025–2026-yillarda auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar jami maydonining oʻrtacha 10–20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqariladi.