So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Noqonuniy olib chiqilayotgan katta miqdordagi valyuta toʻxtatib qolindi
Ushbu holat Navoiy chegara-bojxona postida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fosh etilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va bojxona idoralari tomonidan Toshkent viloyati, Toshkent tumani hududida joylashgan “Navoiy” chegara-bojxona postida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Ushbu tadbir davomida mamlakatdan noqonuniy tarzda yirik miqdordagi xorijiy valyutani olib chiqish holati fosh etilgan.
Tekshiruv davomida qoʻshni davlat tomon harakatlanayotgan “Lacetti” rusumli avtomashina toʻxtatilgan. Shuningdek,mashinani koʻzdan kechirish jarayonida unda yoʻlovchi sifatida ketayotgan, Toshkent tumanida yashovchi 1978-yilda tugʻilgan fuqaroga tegishli sellofan paketda 874 ming AQSH dollari borligi aniqlangan. Mazkur shaxs ushbu mablagʻni bojxona deklaratsiyasiz, yashirin yoʻllar bilan Qozogʻistonga olib chiqmoqchi boʻlgan.
Tezkor tadbir davom ettirilib, Toshkent shahrida savdo bilan shugʻullanuvchi shaxslar tomonidan toʻplangan mablagʻlarni ushbu ayolga topshirgan yana bir shaxs ham fosh etilgan. Toshkent tumanida vaqtincha istiqomat qilayotgan 1989-yilda tugʻilgan fuqaroning yashash xonadoni tekshirilganda, qoʻshimcha ravishda 399 ming 170 AQSH dollari borligi aniqlangan. Ushbu mablagʻ kelgusida noqonuniy tarzda Qozogʻistonga olib oʻtish uchun tayyorlab qoʻyilganligi maʼlum boʻlgan.
Natijada tezkor tadbir davomida jami 1 million 273 ming 170 AQSH dollari noqonuniy muomaladan chiqarilgan va ashyo dalil sifatida olib qoʻyilgan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 182-moddasi 2-qismi “a” bandi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan boʻlib, hozirgi vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda.