So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi.
Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan bayonot bilan chiqdi. Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.
“Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish maqsadida mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilmoqda”, deyiladi hokimlik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, yongʻin harakatlari va ularning koʻlami toʻliq nazorat qilinmoqda. Hokimlik, shuningdek, fuqarolardan vaziyat boʻyicha ortiqcha vahimaga berilmaslikni, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan esa aholi oʻrtasida xavotir keltirib chiqaruvchi asoslanmagan axborotlarni tarqatmaslikni soʻragan.
Surxondaryo viloyati hokimligi ushbu tadbir (oʻt qoʻyish tahr.) belgilangan rejaga muvofiq va xavfsizlik choralariga rioya etgan holda amalga oshirilayotganini bod-bod takrorlamoqda. Biroq viloyat Ekologiya boshqarmasi oʻz nazorat hududida shu kabi “rejali” ishlar amalga oshirilayotgani boʻyicha hech qanday izoh bermayapti. Maʼlumot uchun, boshqarmaning Telegramʼdagi rasmiy kanalida soʻnggi xabar joriy yilning 17-mart sanasida joylangan.
Hokimlik matbuot xizmati ishlar mutasaddi idoralarning ruxsati va masʼul organlarning oʻzaro kelishuvi asosida olib borilayotgani haqida yozmoqda, ammo viloyat FVB yongʻin chizigʻi qay tartibda nazorat qilinayotgani borasida tushuntirish bermagan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi ham atmosferaga chiqayotgan zararli tutun hamda gazlar yuzasidan izoh berganicha yoʻq.