So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Fargʻonaliklar ichimlik suvisiz qoldimi?!
Fargʻona viloyati Fargʻona shahrida bir nechta mahalla hududiga suv yetkazib beruvchi quvurda nosozlik kuzatilgan. Joyga yetib borgan mutaxassislar quvurlar ustiga beton qoplamalar bilan oʻrab olinganini aniqlashgan.
Shunda tezda mutaxassislar muammoni bartaraf yetish harakatlarini boshlashgan, lekin zavod egalari tomonidan kadastr xat-hujjatini roʻkach etib faol qarshiligiga uchragan.
Zavod egalarining aytishicha, hudud xususiy mulkligi zavod investorlar tomonidan boshqarilishi ularing hududiga kechkim kirmasligini aytib qarshilik koʻrsatib turavergan.
Xodimlar tashqari tomondan quvurni tuzatmoqchi boʻlib, rosa harakat qilishgan, biroq eplay olishmagan. Ilojsizlikdan tezkorlik bilan boshqa quvur tortishga majbur boʻlishgan. Hozirda aholiga vaqtincha ichimlik suvi berilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Xodimlar tomonidan zavod hujjatlari oʻrganilganida, aynan quvur bor yer dehqon xoʻjaligi yeri ekanligi aniqlangan. Bu nima degani!? Endi shuncha yerdan zavod egalari noqonuniy foydalanganligi uchun qanday chora koʻriladi?
Aholiga keltirgan noqulayliklar uchun va suv taʼminotiga yetkazgan zarar qanday baholanadi? Oʻz vaqtidada nazorat yetmagan xodimlarga nisbatdan masʼuliyatsizligi uchun qonuniy chora koʻra oladigan tashkilotlar bor deb oʻylaymiz. Natija biyicha maʼlumotlar beriladi, deb umid qilamiz.