Qidirish

21:45 / 2025-03-11 548 0 Hodisalar

Samarqandda Amir Temur oila a’zolari yashagan majmua 415 mln so‘mga restavratsiya qilinmoqda

Bu haqda Madaniy meros agentligi xabar berdi.

world-news

Samarqand shahrining eski shahar qismida, Registon maydoni yaqinida “Dari-zanjir” mahallasida “Dari-zanjir” majmuasi joylashgan bo‘lib, so‘zma-so‘z tarjima qilinganida “zanjirlangan eshik” ma’nosini anglatadi. Ushbu mahallada Amir Temur va temuriylarning yaqin qarindoshlari, keyinchalik esa ruhoniyat vakillari va ularning oila a’zolari yashagan. 

Ular o‘z ahli ayollarini nomahramlar nazaridan pana qilish maqsadida hujra eshiklarini zanjirlab qo‘yib, begonalarning kirishi qat’iy man etilgan. Shu sababli ham majmua nomi shunday deb nomlangan.

Majmuaning umumiy maydoni 70,13 kvadrat metr, u 2024-yil to‘liq davlat muhofazaga olinib, restavratsiya ishlari olib borilgan. “Dari-Zanjir” yodgorligining ustini yopish va tashqi qismini restavratsiya qilish ishlari uchun 415 mln so‘m mablag‘ sarflandi. 

Hozirda obyektning ichki qismida restavratsiya va konservatsiya ishlari davom etmoqda. Tez orada majmua sayyohlar uchun qayta ochiladi. 

Ma’lumot uchun, 2024-yil davomi Madaniy meros agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan 20 ta madaniy meros obyektida ta’mirlash va tiklash ishlari olib borildi. Ayni paytga qadar 5 ta obyektda restavratsiya ishlari to‘liq yakunlanib foydalanishga topshirilgan. 

Samarqand shahrida joylashgan “Dari-Zanjir” majmuasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida Madaniy meros milliy ro‘yxatiga kiritilgan va davlat muhofazasiga olingan obyekt hisoblanadi.

Izohlar 0

Fikr bildirish