So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
1 milliondan ortiq hayvon turi yoʻqolib ketish xavfi ostida
2013 yil 20 dekabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 68-sessiyasida yovvoyi fauna va flora haqida xabardorlikni oshirish maqsadi bo'lgan.

Shundan so'ng, 3 - martni Butunjahon yovvoyi tabiatni muhofaza qilish kuni, deb eʼlon qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, bu yilgi kun shiori — “Yovvoyi tabiatni asrashni moliyalashtirish: insonlar va sayyoraga sarmoya kiritish”. Ushbu shior insonlar va sayyora uchun farovon kelajak qurishda moliyaviy jarayonlarni yanada samarali va barqarorlashtirish, buning uchun birgalikda harakat qilish imkoniyatlarini koʻrib chiqadi.
Qayd etilishicha, 1 milliondan ortiq hayvon turi yoʻqolib ketish xavfi ostida va uch tomonlama sayyora inqirozi (iqlim oʻzgarishi, biologik xilma-xillikning yoʻqolishi va atrof-muhit degradatsiyasi) kuchayayotgan bir paytda, yovvoyi tabiatni muhofaza qilish uchun innovatsion moliyalashtirish har qachongidan ham dolzarb hisoblanadi.
Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash lozimki, Oʻzbekiston bioxilma-xilligi 27 ming turni oʻz ichiga oladi. Xususan, 15 ming turga yaqin umurtqasiz hayvonlar, 700 turdan ortiq umurtqali hayvonlar, 100 turdan ortiq sut emizuvchi, 500 turga yaqin qush, 60 turdan ortiq sudralib yuruvchi, 80 turga yaqin baliqlar va boshqa turdagi fauna vakillari mavjud.



