So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonning 3 hududida chiqindi tashlash bilan bogʻliq 3 mingdan ortiq huquqbuzarliklar aniqlangan
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi Situatsion markazi tomonidan Oʻzbekistonning koʻplab hududlarida onlayn kameralar oʻrnatilgan.
Bu kameralar orqali belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlanmoqda. Xususan, 2024-yilda Sirdaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi salbiy holatlar onlayn kameralarga muhrlangan.
Unga koʻra, Sirdaryo viloyatida 21 ta kuzatuv kamerasi oʻrnatilgan boʻlib, oʻtgan yilda jami 81 ta qoidabuzarlik holati qayd etilgan, barchasiga chora koʻrilgan.
Shuningdek, Samarqand viloyatida oʻrnatilgan 25 ta kuzatuv kamerasi orqali oʻtgan yili jami 2948 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 219 ta huquqbuzarlik boʻyicha maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilib, jarima undirilgan. Qolgan 2729 ta qoidabuzarlik ijro jarayonida.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatida oʻrnatilgan 17 ta kuzatuv kamerasi orqali 2024-yilda jami 108 ta qoidabuzarlik aniqlangan. Shundan 61 ta huquqbuzarlik boʻyicha maʼmuriy javobgarlik qoʻllanilib, jarima undirilgan. Qolgan 47 ta qoidabuzarlikka chora belgilanmoqda.
Maʼlumot uchun, respublikaning deyarli barcha hududlarida jami 250 ta onlayn kamera oʻrnatilgan boʻlib, bu kameralar nafaqat chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham aniqlash va chora koʻrish imkonini beradi.