So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Rasman: Chiqindidan qarzdorlar elektr energiya uchun toʻlay olmaydi, Senat yangi qonunni maʼqulladi
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlarini koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini mustahkamlashga qaratilgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqilgan.

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekistonda chiqindilarni boshqarish, aholiga koʻrsatiladigan xizmat sifatini yaxshilashga qaratilgan bir qancha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Ammo bugungi kunda ushbu sohada koʻrsatilgan xizmatlar uchun toʻlovlarning oʻz vaqtida amalga oshirilmasligi natijasida debitor qarzdorlik keskin oshib bormoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, tizimda 600 mlrd soʻmlik debitor qarzdorlik mavjud. Bu esa bir qator muammolarga sabab boʻlmoqda, xususan, tegishli tashkilotlarning asosiy fondlarini yangilash va xizmatlar sifatini oshirishga investitsiya kiritishga, sohaga tadbirkorlik subyektlari va xususiy sektor vakillarini keng jalb qilishga toʻsqinlik qilmoqda.
Bugunga qadar toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirmagan abonentlarga nisbatan faqat sud tartibida chora koʻrilar va bu jarayon uzoq davom etardi. Yangi Qonun bilan esa ovoragarchilik va murakkabliklarga chek qoʻyilmoqda.
Qonun bilan Fuqarolik va Uy-joy kodekslari, “Raqobat toʻgʻrisida”gi va “Elektr energetikasi toʻgʻrisida”gi qonunlarga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Unga koʻra, qattiq maishiy chiqindilarni toʻplash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlgan isteʼmolchilarga qisqa xabar (SMS) yuboriladi. Shundan soʻng mazkur qarzdorlik bartaraf etilguniga qadar isteʼmolchidan elektr energiyasi uchun toʻlovlarni qabul qilish vaqtinchalik cheklanadi.
Bunda xizmat koʻrsatuvchi tuzilmalar toʻlovlarning ishonchli hamda toʻgʻri hisob-kitob qilinishini taʼminlaydi. Oʻz navbatida qarzdorlikni bartaraf etgan isteʼmolchilardan elektr energiyasi uchun toʻlovlardagi vaqtinchalik cheklovlar olib tashlanadi.
Mazkur Qonun aholiga chiqindilarni toʻplash va olib chiqish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlov intizomini mustahkamlash, xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlarning asosiy fondlarini yangilash va xizmatlar sifatini yaxshilash, ushbu sohaga tadbirkorlik subyektlarini jalb qilishga xizmat qiladi.
Qayd qilinishicha, bu albatta, aholiga yanada sifatli va shaffof xizmat koʻrsatilishini taʼminlaydi. Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan maʼqullangan.



