So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Ham jazo ogʻir ham koloniya qattiq tartibli: Toshkentda sud hukmida qayd etilgan texnik xato fuqaroga qimmatga tushdi…
Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudi sudyasi V.Karamanov 2024-yil 30-may kuni oʻqigan hukmida jiddiy texnik xatoga yoʻl qoʻyib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashi kerak boʻlgan sudlanuvchi A.S.ni qattiq tartibli koloniyaga yuborgan. Bu haqda jinoyat ishlari boʻyicha Chilonzor tuman sudi sudyasi J.Qurbanovning 2024-yil 16-dekabrdagi hukmida qayd etilgan.

Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan ayblanib, Olmazor IIB tomonidan tergovga jalb qilingan fuqaro A.S tergov tomonidan jabrlanuvchi sifatida koʻrsatilgan bir qancha fuqarolarga yetkazgan zararlarini sudgacha va sud jarayonida toʻlab bergan.
Dastlab, Olmazor tuman sudining hukmi bilan 1-yil 27 kun ozodlikdan mahrum qilingan fuqaro A.S. mazkur sudyaning texnik xatosi bilan qattiq tartibli koloniyaga jazoni oʻtash uchun yuborilgan. Aslida sudlanuvchi qilgan qilmishi uchun jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashi kerak edi.
Ammo V.Karamanov jabrlanuvchilarga yetkazilgan zarar toʻliq qoplangan boʻlsada, sudlanuvchining huquqlarini poymol qilgan holatda unga yengil emas aksincha ogʻir jazo berib, umumiy tartibli koloniyada oʻtashi kerak boʻlgan jazoni qattiq tartibli koloniyada oʻtashiga sababchi boʻlgan.
Soʻngra bu texnik xatoni payqagan Chilonzor tuman sudi sudyasi J.Qurbanov 16-dekabrdagi hukmi bilan Olmazor sudining bu texnik xatosini toʻgʻrilagan, yaʼni fuqaro jazoni qattiq tartibli koloniyada emas umumiy tartibli koloniyalarda oʻtattirilishi toʻgʻrisida hukm eʼlon qilgan.
Xususan, Chilonzor tuman sudining hukmida shunday deyiladi:
Jinoyat ishlari boʻyicha Olmazor tuman sudi tomonidan sudlanuvchi A.S.ga nisbatan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlagan boʻlsa-da texnik xatoga yoʻl qoʻyib sudlanuvchiga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni oʻrniga qattiq tartibli koloniyalarda oʻtashni belgilaganligi, shuningdek, sud sudlanuvchi A.S.ga mazkur sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlayotganligi sababli sud sudlanuvchi A.S.ga jazoni umumiy tartibli koloniyalarda oʻtashni belgilashni lozim deb topadi.
Ayni kunlarda Toshkent shahar sudining jinoyat ishlari boʻyicha kassatsiya sudlov hayʼatiga fuqaroning himoyachisi tomonidan kassatsiya shikoyati kiritilgan. Yuqoridagi holat yuzasidan Sudyalar oliy kengashi va Toshkent shahar sudlari tomonidan munosabat kutiladi.
Eslatib oʻtamiz, maqolada ismi keltirilgan fuqaro A.S jazoni ijro etgan Olmaliq shahridagi 14-son jazoni ijro etish koloniyasida 21 yoshli fargʻonalik mahkumning oʻlimi kuzatilgan.
Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olingan. Idora holatga doir ayrim tafsilotlarni eʼlon qilgan.
14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning 14-fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini oʻtayotgan mahkum sogʻligʻida oʻzgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan. Birinchi tibbiy yordam koʻrsatilganidan soʻng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.
Biroq, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15-fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etgan. Marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan. Holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib oʻrganilgan. Oʻrganish natijalari jamoatchilikka eʼlon qilinmagan.



