So`ngi yangiliklar
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Iqtisodchi Otabek Bakirov O‘zbekistonda mehnat ta’tili kunlari 24 kundan 21 kunga kamaytirildi deb yozdi, aslida esa 15 kundan 21 kunga oshirilgan va to‘lanadigan mablag‘ ham ko‘paytirilgan bo‘lib chiqdi
Ushbu masalada Yuridik universiteti dots.nti Miryoqub Raximov o‘z fikrini bildirdi.

Yangi Mehnat kodeksida ta’til davomiyligi kamaytirildimi?
Yo‘q aksincha, yangi Mehnat kodeksida har yilgi eng kam mehnat ta’tilining davomiyligi yigirma bir kalendar kun etib belgilandi. Taqqoslash o‘rnida, eski Mehnat kodeksida bu muddat o‘n besh ish kuni edi.
Vaziyatni 2025 yil misolida tushuntiramiz. Xodim eski Mehnat kodeksi bo‘yicha 2025 yil 3 fevral kunidan o‘n besh ish kuni har yilgi mehnat ta’tiliga chiqsa, 20 fevral uning ishga chiqadigan kuni bo‘ladi. Chunki eski Mehnat kodeksi bo‘yicha ta’tilning muddati olti kunlik ish haftasi yuzasidan hisoblanar edi. Yakshanba mehnat ta’tili davomiyligini belgilashda hisobga olinmas edi.
Yangi Mehnat kodeksi bo‘yicha esa agar xodim 2025 yil 3 fevral kunidan yigirma bir kalendar kunlik har yilgi mehnat ta’tiliga chiqsa, u 24 fevral kuni ishga qaytishi kerak bo‘ladi. Chunki bu holatda yakshanba mehnat ta’tilining davomiyligini belgilashda hisobga olinadi
Uning aytishicha, buning ortidan, deylik 5 mln so‘m oylik oladigan xodimning ta’til puliga deyarli 600 ming so‘m yana qo‘shiladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, yangi Mehnat kodeksi mehnat ta’tili masalasida xodimlar manfaatlarini yaxshiroq himoya qilishga yo‘naltirilganligini ko‘rishimiz mumkin. Avvalgi tahrirdan farqli ravishda, mehnat ta’tilining minimal muddati kalendar kunlar bo‘yicha uzaytirildi va xalqaro standartlarga to‘la muvofiq ravishda tartibga solindi. Mehnat ta’tili uchun haq to‘lash tizimi ham eski kodeksga nisbatan xodimlar uchun yaxshiroq sharoit yaratib, XMT standartlariga javob beradi.
- deb yozadi mutaxassis
Miryoqub Raximovning ta’kidlashicha, bloger O.Bakirov Mehnat qonunchiligida ekspert bo‘lmasa ham holatni to‘liq o‘rganmasdan bilar bilmas har xil xulosalarga kelgan.
Bu mehnatkashlarni chalg‘itish orqali ularning ish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishga urinish deb hisoblayman
- deb yozgan yuridik fanlar dots.nti



