So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qurilish maydonida odam halok boʻlgan “Askiya City”da 5-yildan buyon noqonuniy qurilish davom etayotgani maʼlum boʻldi
Bu haqda Yakkasaroy tumanida joylashgan koʻp qavatli uy-joylardan birida odam zinadan qulab ketishi oqibatida halok boʻlgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Shunga koʻra, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi xabariga koʻra, bu obyekt noqonuniy qurilayotgan boʻlgan. Shuningdek, 2020-yil may oyida mazkur obyektda olib borilayotgan qurilish ishlari Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga zid ekani aniqlangan. Yaʼni ishlar Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasini xabardor qilmagan holda va belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmagan tarzda boshlangan va 2020-yil 27-mayda inspeksiya tomonidan qurilish ishlarini toʻxtatish boʻyicha yozma koʻrsatma berilgan. Shuning uchun Maʼmuriy javobgarlikka tortilgan hamda qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.
Lekin 2024-yil 26-aprel kuni olib borilgan qayta tekshiruv jarayonida ishlar davom etayotgani aniqlangan va qurilish masʼullari chaqirtirilgan. Ammo ular qurilish obyektiga kelmagan va talab qilingan hujjatlar taqdim etilmagan. Bugungi kunda Toshkent shahar IIBB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan ushbu obyekt boʻyicha jinoyat ishi ochilgan boʻlib, obyektda barcha turdagi qurilish va montaj ishlari toʻxtatilgan.