So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklandi
“Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF-22-son, 14.02.2025-son) qabul qilindi.
Farmonga koʻra, Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi Oʻzbekiston fermerlari kengashi etib qayta nomlandi.
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligiga dehqon xoʻjaliklari va aholi tomorqalarini rivojlantirish bilan bogʻliq quyidagi qoʻshimcha vazifa va funksiyalar yuklandi, jumladan:
aholi tomorqalari va dehqon xoʻjaliklaridagi yer maydonlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazish va ularda yetishtirilayotgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hisobini yuritish hamda “Online mahalla” platformasida aniq va batafsil maʼlumotlar bazasini shakllantirish;
tuman va mahallalarning ixtisoslashuv boʻyicha salohiyat va imkoniyatlaridan kelib chiqib, tomorqalarda yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirishni yashil va innovatsion yondashuvlar asosida tashkil etish orqali aholining yuqori daromadli mehnat bilan bandligini taʼminlash va ularni kambagʻallikdan chiqarish.
Tomorqa yer egalari va dehqon xoʻjaliklari faoliyatini rivojlantirish va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha kengash tuzildi.
Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hamda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzurida Dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etildi.