So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
19 yoshli yigitning qotili kim ekanligi ochiqlandi
Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Keles tumanida 19 yoshli yigitni pichoqlab oʻldirib ketilgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aniqlanishicha, marhum yigit tungi soat 11 larda ishdan kelib, onasiga hozir kelaman choy qoʻyib turing deb uyidan chiqib ketayotganida bolalar maydonchasida voyaga yetmagan oʻsmirlarning spirtli ichimlik isteʼmol qilib oʻtirganini koʻrib qoladi va ularga bu yoʻldan qaytishini aytib, tanbeh bergan va shu on yigitlar oʻrtasida tortishuv yuzaga kelib, marhum yigitning gaplaridan gʻazablangan 17 yoshli yigit uning tanasiga pichoq bilan 8 marotaba zarba bergan. Marhumni shu atrofdagi insonlar tuman markazidagi shifoxonaga olib borgan va koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, u olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada jon bergan. Vahshiyona oʻldirilishidan soʻng, 17 yoshli oʻsmir yigit toʻliq javobgarlikni oʻz zimmasiga olganligi haqida aytilmoqda.
Xabar berilishicha, yigit voyaga yetmagani uchun toʻliq jazoga tortilmasligi aytildi. Marhumning yaqinlarining aytishicha, qotil yigitning onasi oʻgʻlini javobgarlikdan yengillashtirish yoki butunlay qutulishi maqsadida ruhiy kasallik haqida maʼlumotnoma olishga harakat qilmoqda.