So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Hayvonlarni identifikatsiya qilish koʻzda tutilgan qonun ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi
Hayvonlarni identifikatsiya qilish va roʻyxatga olish boʻyicha yangi qonun loyihasi: egalarning huquq va masʼuliyatlari kuchaytirilmoqda

Qonunchilik palatasi majlisida “Hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.
Ushbu qonun loyihasida hayvonlarni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish va kuzatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish, hayvonlarning hisobini yuritish, ularning nasli va sogʻligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron tizimda jamlash nazarda tutilmoqda.
Shu bilan birga, sohaga masʼul boʻlgan organlarning vakolatlari, hayvonlarni identifikatsiya qiluvchi, roʻyxatga oluvchi va kuzatuvchi mutaxassislarning va hayvon egalarining huquq va majburiyatlari ham belgilab qoʻyilmoqda. Oʻz oʻrnida hayvon egalarining manfaatdorligi va masʼuliyati oshirilmoqda.
Majlisda qayd etilganidek, qonun loyihasini ikkinchi oʻqishga tayyorlash jarayonida masʼul qoʻmita tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi. Xususan, deputatlar bergan barcha takliflar chuqur tahlil qilinib, ular asosida hujjat matni maromiga yetkazildi.
Qonun loyihasida hayvonlarning egalaridan toʻlov undirmasdan ularni identifikatsiya qilish, roʻyxatga olish tartibi va bosqichlarini belgilash hamda hayvon egalarining huquqlari va sohaga masʼul boʻlgan vakolatli davlat organining majburiyatlarini kuchaytirishga qaratilgan normalar oʻz aksini topdi.



