So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Toshkent va Navoiy viloyatida chiqindi yig‘imi narxlari oshdi
Mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qilishi ta’kidlanmoqda.
Toshkent hamda Navoiy viloyatlarining ayrim hududlarida qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun yagona to‘lov tariflari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Toshkent viloyatining ayrim hududlarida (Bekobod va Nurafshon shahri hamda Zangiota tumani) jismoniy shaxslar, ya’ni aholi uchun 7 840 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 82 880 so‘m to‘lov miqdori belgilandi.
Belgilangan to‘lov tarifi Toshkent viloyati «Ibrohimjon ishonch» MCHJ, «Shabnam-obod-servis» MCHJ, «Ahmadjon omad baraka» XK, «Dilshod Murodbaraka» XK, «Metal-mexanik-master» MCHJ, «Orzu ishonch fayz» MCHJ, «Dilxumor servis» MCHJ, «Obod hudud servis» MCHJ, «Iskandar servis luks» MCHJ, «Maks qur lider maxsus» MCHJ hamda «Nurafshon-obod-hudud» MCHJlar kabi sanitar tozalash korxonalari uchun tasdiqlangan.
Shuningdek, Navoiy viloyatining ayrim hududlarida (G‘ozg‘on shahri hamda Xatirchi, Navbahor, Nurota va Konimex tumanlari) jismoniy shaxslar ya’ni aholi uchun 4 950 so‘m (QQS bilan) hamda yuridik shaxslarga 1 metr kub uchun 80 080 so‘m miqdorida to‘lov tasdiqlandi. Belgilangan to‘lov tarifi «Mironshox comfort servis» MCHJ sanitar tozalash korxonasi uchun amal qiladi.
Maishiy chiqindilarni joylashtirish, saqlash, utilizatsiya qilish, zararsizlantirish xizmati uchun Navoiy viloyati bo‘yicha 1 metr kub — 20 160 so‘m hamda 1 tonna — 48 933 so‘m etib tasdiqlandi.
«Mazkur majburiy yagona tariflar sanitar tozalash korxonalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratilishini ta’minlashga xizmat qiladi», — deyiladi xabarda.