So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Samarqandda avtobus halokatida 22 kishi jarohatlangani aytilmoqda
Samarqand viloyatining Jomboy tumanida avtobus ag‘darilishi oqibatida bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi. Tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining ma’lum qilishicha, undan tashqari 22 nafar ayol jarohatlangan.
YTH 11-fevral kuni soat 7:00 lar atrofida “Samarqand” mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lining 1079-kilometrida sodir bo‘lgandi. Viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborotiga ko‘ra, avtohalokatga avtobus haydovchisi Cobalt rusumli transport vositasining holatini inobatga olmasdan tezlikni me’yoridan oshirib yuborgani va tormozni keskin ravishda bosgani sabab bo‘lgan.
Bosh shifokor Tozagul Xoliqovaning “Milliy” telekanaliga ma’lum qilishicha, shifoxonaga 23 nafar ayol yotqizilgan, ulardan biri voqea joyida halok bo‘lgan. Ayollarning jarohatlari og‘ir: 16 nafar yo‘lovchi jarrohlik bo‘limiga, ikki nafar ayol reanimatsiyaga yotqizildi. “Ularning ahvoli og‘irroq, reanimatsiyada davolanyapti”, degan shifokor.
YTHga uchragan turistik avtobus Samarqanddan Toshkentga ketayotgan bo‘lgan. Tergovning yakuniy xulosasiga ko‘ra jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumot berilishi ma’lum qilingan.
O‘zbekistonda 2024-yilda 9364 ta yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan. Buning oqibatida 2203 kishi vafot etgan, 8901 nafari tan jarohati olgan.