So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
“Buxoroda magistral gaz quvurida kelib chiqqan yong‘in to‘liq o‘chirildi” – Energetika vazirligi
Vazirlikning ma’lum qilishicha, hozirda tabiiy gaz zaxira quvurlari orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilmoqda.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda bu yerda «O‘ztransgaz» AJ xodimlari tomonidan ta’mirlash-tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.
«Tabiiy gaz zaxira gaz quvuri orqali hech bir uzilishsiz o‘tkazilyapti va uning iste’molchilarga yetkazilishi shtat rejimida davom etmoqda», — deyiladi xabarda.
10 fevral kuni Buxoro–Ural magistral gaz quvurining Buxoro viloyatidan o‘tgan qismida avariya ro‘y berib, yong‘in chiqdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga ko‘ra, avariya Gazli magistral gaz quvurlari boshqarmasining yer ostidan o‘tgan quvurida ro‘y bergan. Soat 11:30 da murvatlar yopilib, qoldiq gazlar chiqib ketgan.
Buxoro viloyatiga oid Telegram-kanallarda viloyatdagi metan shoxobchalar yopilgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat bartaraf etilmaguncha metan shoxobchalarga vaqtincha cheklovlar kiritilishi Energetika vazirligi xabarida ham aytildi, ammo vazirlik axborotining ushbu qismi ko‘p o‘tmay o‘chirib yuborildi.
Birozdan so‘ng vazirlik aniqlashtiruvchi xabar e’lon qilib, barcha hududlardagi metan shoxobchalar «hozirgi rejimda ishlashda davom etishi»ni ma’lum qildi.