So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Prezident Administratsiyasidagi shtat birliklari qisqartirilmaydi – Sherzod Asadov
Ijtimoiy tarmoqlarda Prezident Administratsiyasida shtat birliklari kamida 50 foizga, boshqa davlat tashkilotlarida ham qisqartirish boʻlishi haqida xabarlar tarqatildi. PA matbuot kotibi Sherzod Asadov ushbu xabarlar rasman tasdiqqa ega emasligini bildirdi.
Taʼkidlanishicha, barcha darajalardagi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarida, shu jumladan Prezident Administratsiyasidan tortib quyi tashkilotlargacha boʻlgan barcha idoralarda shtat birliklarini maqbullashtirib borish ishlari bu — doimiy jarayon hisoblanadi.
Bundan koʻzlangan asosiy maqsad – bir-birini takrorlovchi funksiyalarni qisqartirish, davlat boshqaruvi tizimi va davlat xizmatchilarining faoliyati samaradorligini oshirish, barcha idoralarda byudjet mablagʻlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash.
Bu jarayonning hajmi va koʻlami qay darajada boʻlishi, mazkur yoʻnalishda tegishli oʻrganish va tahlillar oʻtkazilganidan keyingina maʼlum boʻladi. Shu sababli, ommaviy axborot vositalari, blogerlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu mavzuga doir xabarlarni tarqatishda faqat rasmiy manbalarga tayanishni soʻraymiz, deyiladi Administratsiya bayonotida.