So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Qamoqdagi sobiq Milliy Xavfsizlik amaldori barmoqlaridan ayrildi
Milliy xavfsizlik xizmatining ya’ni hozirgi davlat xavfsizlik xizmatining sobiq tergovchisi Nodir Toʻraqulov ehtiyotsizlik oqibatida barmoqlaridan ayrildi. Bu haqda inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanov ma’lum qildi.

Tashanovning aytishicha, bir necha advokatlar sobiq Milliy xavsizlik xizmatining oʻz vaqtida “Nodir Xudo” laqabini olgan jallodi Nodir Toʻraqulov 22-sonli koloniyadagi sexda ehtiyotsizlik ortidan 4 ta barmogʻidan ajragani haqida maʼlumot berdi.
"Prezidentning shijoati tufayli javobgarlikka tortilgan bu kimsa haqida turli afsonalar yuradi. Ehtimol, uning qilmishlarining bir qismi qonun nazoratidan chetda qolgandir, uning zulmini Yaratganga havola qilamiz", deb yozdi u Facebookʼdagi sahifasida.
Ma’lumot uchun Nodir Toʻraqulov 2018-yilning boshlarida, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida faollar bilan uchrashuv vaqtida Milliy xavfsizlik xizmatining viloyat boshqarmalaridagi xodimlari keskin tanqid qilinganidan keyin qamoqqa olingan bo’lib, 2018-yilning oktabrida 16 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va 81 mln soʻm miqdorida jarimaga tortilgan.
U Jinoyat kodeksining 10 dan ortiq moddasi boʻyicha ayblangan. Keyinchalik Toʻraqulov ustidan odam oʻgʻirlash, qotillik, qiynoqqa solish singari yana oʻnga yaqin modda bilan jinoyat ishi ham ochilgan.



