So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Gulnora Karimovaga tegishli 313 mln dollar Shveysariyadan Oʻzbekistonga qaytariladi
Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovadan musodara qilingan $182 mln Oʻzbekistonga qaytariladi.
Oʻzbekiston Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida “Musodara qilingan aktivlarni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim” imzolandi.

Bitim doirasida taxminan 182 mln dollar miqdoridagi mablagʻlar Oʻzbekistonga qaytarilishi belgilangan. Mazkur mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi ayrim fuqarolari tomonidan noqonuniy orttirilgan boʻlib, 2012-yilda Shveysariya Bosh prokuraturasi tomonidan Gulnora Karimovaga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ish yurituvi doirasida toʻlaqonli musodara qilingan edi.
Mablagʻlar Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Uzbekistan Vision 2030 Foundi” Koʻp sheriklik trast Jamgʻarmasi orqali qaytariladi.
Mazkur ishlar doirasida 2022-yil avgustda imzolangan birinchi bitim taxminan 131 mln dollar miqdoridagi mablagʻlarni Oʻzbekistonga qaytarilishini nazarda tutadi. Yangi bitim imzolanishi bilan Oʻzbekiston aholisining manfaatlari yoʻlida qaytarilgan mablagʻlarning jami miqdori 313 mln dollarga yetadi.