So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Qora kuchlar” toʻxtatib qolindi
Oʻzbekiston Respublikasi DXX hamda IIV tuzilmalari tomonidan joriy yilning 3-4-fevral kunlari respublika miqyosida “Qoradori” keng koʻlamli tadbirlarining dastlabki bosqichi olib borildi.

Giyohvandlik va kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalasi bilan shugʻullanib kelayotgan shaxslar va jinoiy guruhlar faoliyatiga chek qoʻyish maqsadida jami 653 ta maxsus tadbirlar oʻtkazildi.
Oʻtkazilgan tadbirlar davomida jami 112 kg 257 gr giyohvandlik vositalari (geroin, opiy, gashish, sintetik turdagi giyohvandlik vositalari) hamda 8601 dona kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining aholi orasida tarqatilishi toʻxtatib qolindi. Giyohvandlik vositalarining noqonuniy muomalasidan olingan 287 ming 460 AQSH dollari va 569 million soʻm miqdoridagi pullar daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirildi.
Qoʻzgʻatilgan 222 ta jinoyat ishlari doirasida 228 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi. 64 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi. 47 nafar qidiruvdagi shaxslar ushlandi. 357 nafar shaxslar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazilib, 231 nafari rasmiy ogohlantirildi.
Shuningdek, keng koʻlamli tadbirlari doirasida 175 ta “tigʻ”, 58 ta “bita”, 24 ta “kastet” va 77 ta qurol olindi. Kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish borasidagi tezkor tadbirlar boshqa yoʻnalishlarda ham davom ettiriladi.



