So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonda davlat xizmatchilari “halollik testi” boʻyicha tekshiriladi
Malayziya tajribasi asosida Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi choralar boʻyicha oʻqitiladi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Malayziyaning Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasi Kuala-Lumpurda 2025-2026-yillar uchun Harakatlar rejasini imzoladi. Hujjat ikki mamlakatning korrupsiyaga qarshi organlari oʻrtasida tajriba almashish, eng yaxshi amaliyotlarni oʻrganish va ularni tatbiq etish mexanizmlarini belgilab beradi.
Tomonlar birgalikda yirik korrupsiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etishni, Malayziya tajribasi asosida Oʻzbekistonda davlat xizmatchilarini korrupsiyaga qarshi choralar boʻyicha oʻqitishni, “halollik sinovi” loyihasini yoʻlga qoʻyishni va qoʻshma taʼlim dasturlarini ishlab chiqishni rejalashtirmoqda.
Hujjat, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat mexanizmlarini joriy etish tajribasi bilan almashish, shuningdek, ularning faoliyatidagi korrupsiya xavflarini kamaytirish boʻyicha Malayziya va Oʻzbekiston tajribalarini solishtirishni oʻz ichiga oladi.