So`ngi yangiliklar
AQSHda Charli Kirk suiqasdida gumonlanuvchining surati e’lon qilindi
O‘zbekistonda 27 ming gektardan ziyod maydon dala yong‘inlarida zarar ko‘rdi
Qozog‘istondagi portlashda uch nafar o‘zbekistonlik fuqaro halok bo‘ldi
O‘zbekistonda biznes muhiti ijobiy tendensiyalarni namoyon qilmoqda
Yoshlar uchun yagona elektron platforma yaratiladi
Rishtonda yosh o‘quvchi kollejda zo‘ravonlar tomonidan kaltaklandi
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Zelenskiy urush boshlanganidan keyin ilk bor Vashingtonga tashrif buyurdi
Ikki davlat rahbarlari urushni tugatishning mumkin boʻlgan yoʻllarini ham muhokama qiladi.
.jpeg)
21-dekabr kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHga tashrif buyurdi. Maʼlum boʻlishicha, prezidentlar 11-dekabr kuni telefon orqali muloqotda Zelenskiyning tashrifini muhokama qilishgan, 14-dekabrda Vashington rasmiy taklif bilan chiqqan, 16-dekabr kuni esa Ukraina prezidenti Vashington taklifini qabul qilgan.
Xabarda aytilishicha, Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi prezidentni Toshkent vaqti bilan ertalab soat 5:30da boshlanadigan Kongressning qoʻshma majlisida nutq soʻzlashga taklif qildi.
“Ukrainadagi urush ikkinchi bosqichga oʻtganligi bois, Jo Bayden Zelenskiyni taklif qildi. Muzokaralar AQSHning harbiy va iqtisodiy yordamini kengaytirishga qaratiladi”, — deyiladi xabarda.
Ikki davlat prezidentlari urushdagi keyingi harakatlarni strategik rejalashtirishni muhokama qiladi. Ular iqtisodiyot, energetika sohalarida qoʻshimcha yordam, shuningdek, gumanitar yordam boʻyicha kelishib oladilar.
Bundan tashqari, Oq uy Ukrainaga Patriot raketa batareyasini berishini tasdiqladi. Tashrif davomida Bayden 1,85 milliard dollarlik yangi xavfsizlik yordam paketini eʼlon qiladi. Shuningdek, ikki davlat rahbarlari urushni tugatishning mumkin boʻlgan yoʻllarini ham muhokama qiladi.



