So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oliy sud Navoiyda aholiga sifatsiz xizmat koʻrsatgan sanitar tozalash korxonasi bilan tuzilgan bitimni bekor qildi
Taʼkidlanishicha, 2019-yil 18-yanvarda Navoiy viloyati hokimligi va sanitar korxona oʻrtasida davlat-xususiy sheriklik asosida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 2-sonli bitim va 1-sonli qoʻshimcha kelishuv imzolangan.
Sud qaroriga asosan mazkur bitim va kelishuv korxona tomonidan abonentlarga qoniqarsiz xizmat koʻrsatilganligi sababli bekor qilindi. Yaʼni korxona 2-sonli bitim boʻyicha Navoiy viloyatining Navoiy shahri va Karmana tumanida, 1-sonli qoʻshimcha kelishuv boʻyicha esa viloyatning Zarafshon tumani hududida chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsata olmaydi.
Bundan tashqari, ayni paytda viloyat hokimligi, Navoiy Ekologiya boshqarmasi va “Berejlivost” XICHK oʻrtasida 2021-yil 10-sentyabrda tuzilgan Tomdi, Qiziltepa va Uchquduq tumanlarida “Maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisida”gi 14-son bitimni bekor qilish yuzasidan kiritilgan daʼvo arizasi apellyatsiya sudi tomonidan koʻrib chiqilyapti.
Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligi boshqa sanitar tozalash korxonalariga tegishli darajada sifatli xizmat koʻrsatishga masʼul ekanliklarini, aks holda bitimlar qonunchilikda belgilangan tartibda bekor qilinishini eslatmoqda.
Fuqarolarga eslatma: Agar sizda ham chiqindi xizmatlari boʻyicha shikoyat va takliflar boʻlsa, Ekologiya vazirligi huzuridagi Chiqindilarni boshqarish va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantirish agentligining 1205 qisqa raqamlariga murojaat qiling!