So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Daniya ekstremistik partiya yetakchisi muqaddas Qurʼon kitobini yoqib yubordi
Ushbu voqea Shvetsiyada Qurʼon yoqish aksiyalari bilan tanilgan Salvon Momikaning oʻldirilishidan keyin sodir boʻldi.

Daniyada oʻta oʻng qanot partiyasi “Stram Kurs” rahbari Rasmus Paludan Kopengagenda Qurʼon yoqish aksiyasini oʻtkazdi. Harakat Turkiya elchixonasi oldida sodir boʻldi va Paludan tomonidan videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarda, jumladan, X platformasida tarqatildi.
Bu voqea Shvetsiyada Qurʼon yoqish aksiyalari bilan tanilgan Salvon Momikaning oʻldirilishidan keyin sodir boʻldi. Momika 29-yanvar kuni Shvetsiyaning Sodertale shahridagi kvartirasida oʻqqa tutilgan holda topilgan. Ushbu qotillikdan soʻng Daniya xavfsizlik va razvedka xizmati hamda Kopengagen polisi Paludanga 24 soat davomida namoyish oʻtkazishni taqiqladi. Paludan bu taqiqni buzib, aksiyani baribir oʻtkazdi va uni Momikaning xotirasiga bagʻishlanganini maʼlum qildi.
Rasmus Paludan 2017-yilda “Stram Kurs” partiyasiga asos solgan. U oʻzining ekstremistik gʻoyalari bilan tanilgan boʻlib, Islom dinini taqiqlash va “gʻarbiy boʻlmagan” muhojirlarni deportatsiya qilish tarafdori sifatida mashhur. U ilgari ham turli platformalarda Islomga qarshi videolar tarqatgan va shu sabab koʻplab tanqid va noroziliklarga duch kelgan.
Paludan ilgari ham Daniya va Shvetsiyada Qurʼon yoqish aksiyalarini oʻtkazgan. Uning bu harakatlari nafaqat musulmon mamlakatlari, balki Gʻarb davlatlari tomonidan ham qoralangan. Qurʼonni tahqirlashga qaratilgan harakatlar dunyo miqyosida keng qoralandi. Koʻplab musulmon davlatlari bu kabi provokatsion harakatlarni diniy nafrat va ekstremizmni qoʻzgʻatuvchi jinoyat sifatida baholamoqda.



