So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Alisher Usmonovning Germaniyadagi villasi sotuvga qo‘yildi
Münchner Merkur nashriga ko‘ra, uy Germaniyaning yangi tarixidagi eng qimmat xususiy mulkka aylangan.

Germaniyaning Bavariya federal hududida kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan oligarx Alisher Usmonov uzoq vaqt yashagan villa sotuvga qo‘yildi. Villaning boshlang‘ich narxi 25 million yevro deb belgilangan. U Germaniyadagi ko‘chmas mulk sotuvi bilan bog‘liq ma’lumotlarni yig‘adigan Immowelt saytidagi eng qimmat uyga aylandi. Bu internet-platforma 1996-yildan beri faoliyat yuritadi. Villani sotuvga chiqargan shaxs – Ulrix Kramer. U sud qarori asosida mol-mulkni sotish bilan shug‘ullanuvchi arbitraj boshqaruvchisi hisoblanadi. Uning aytishicha, Bavariyaning Volfratsxauzen shahridagi tuman sudi unga Men orolida ro‘yxatdan o‘tgan Tegernsee (IOM) Limited ofshor kompaniyasi kreditorlarining da’volarini qondirishni topshirgan. Aynan shu kompaniya 2011-yilda ushbu villani 7,2 million yevroga xarid qilgan. Kramerning so‘zlariga ko‘ra, bu kompaniya moliyaviy qiyinchilikka uchragan, chunki firmaning aktivlari asosan ko‘chmas mulkdan iborat bo‘lib, bu qarzlarni to‘lash uchun yetarli emas. Shuning uchun, bankrotlik jarayonida villani sotish va tushgan mablag‘ni qarzlarni to‘lashga yo‘naltirish zarur.Uch qavatli villa 4700 kv. metr yer maydonida joylashgan bo‘lib, Rottax-Egern qishlog‘ida, Tegernzeye ko‘li sohilidagi Fishershtrasse 12 manzilida joylashgan. 2011-yildan keyin Usmonov bu uyni haftasiga 77 000 yevro to‘lab, Tegernsee (IOM) Limited kompaniyasidan ijaraga olgan. Münchner Merkur nashri bu kompaniyani “soxta firma” deb atagan va villani ta’mirlash uchun yana bir necha million yevro sarflanganini qayd etgan. Kramer ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu villada 735 kv. metr yashash maydoni, 4 ta yotoqxona va ikki yuqori qavatda joylashgan hojatxonalar mavjud. Shuningdek, 750 kv. metr maydonga ega sauna va 20 metrli basseyn ham bor. Kramer “agarda villa sotilsa, tushgan mablag‘ bankrotlik jarayoni uchun ochilgan hisobga yo‘naltiriladi, bu hisobga faqat mengina kirishim mumkin”, deb ta’kidlagan. Shuningdek, yurist villani “maxfiy marketing kampaniyasi” orqali faqatgina tor doiradagi manfaatdor shaxslarga sotishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan. Shuningdek, Kramer villaning oldidagi kema garajini ham sotgan. Bu binoga Rottax-Egernda yashovchi shaxs 1 million yevro atrofida pul to‘lagan. Bundan tashqari, u Usmonov xodimlari yashagan ikki qavatli uyning yarmini sotish bo‘yicha bir nechta rieltorlar allaqachon qiziqish bildirganini aytgan. Bu uy 2018-yilda 2 million yevroga xarid qilingan edi.



