So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 4 oyga yopiladi
Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona posti 5-fevraldan boshlab 4 oyga yopiladi. Ma’lum qilinishicha, cheklov mazkur postdagi ulkan qurilish va rekonstruksiya ishlarini mantiqiy nihoyasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda. Xususan, postda vaqtinchalik binolarni demontaj qilish, hududni obodonlashtirish, postga tutash hududda zarur infratuzilmani tashkil etish nazarda tutilgan.
Ushbu chegara posti orqali harakatlanayotgan fuqarolar va transport vositalarining harakati 5-fevraldan “Navoiy” chegara bojxona postiga yo‘naltiriladi. Yaqinda zamonaviy tarzda bunyod etilib, 27-yanvardan sinov rejimida ish boshlagan “Navoiy” chegara bojxona posti ham Toshkent viloyatining Toshkent tumanida joylashgan bo‘lib, “G‘ishtko‘prik” postiga yaqin hudud hisoblanadi. Jismoniy shaxslar, yengil avtomobillar va avtobuslar harakati uchun qulay bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Navoiy” chegara bojxona postida yuk avtotransport vositalari harakati cheklanadi.
Prezidentning 2022-yil 27-apreldagi “Bojxona ma’muriyatchiligini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, mazkur chegara bojxona postini qayta rekonstruksiya va modernizatsiya qilish ishlari olib borilayotgandi. Qurilish davrida bojxona postida yo‘lovchilar va transport vositalari harakati uzluksiz davom ettirildi. Buning uchun vaqtinchalik inshootlar ishga tushirilgan edi. Endilikda mana shu inshootlar demotaj qilinadi, atrof obodonlashtiriladi, qulay infratuzilma shakllantiriladi.
O‘zbekiston—Qozog‘iston chegarasidagi yana bir post — “Dovud ota” postidan harakatlanish ta’mirlash va jihozlash ishlari olib borilishi sabab 1-fevraldan uch oyga to‘xtatildi. Faqat ruxsat etilgan to‘liq vazni 3,5 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk avtomobillarining ushbu chegara o‘tkazish punkti orqali harakati uzluksiz davom ettiriladi. 2025-yil 1-iyundan davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida avtotransport vositalarining elektron navbat tizimi joriy etiladi.



