So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Buxoroda ayol tuzlamadan zaharlanib, vafot etdi
Bu haqda hokimiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun, 1-fevral kuni Buxoro viloyati Shofirkon tumanida 2 yillik pomidor konservasini iste’mol qilgan ayol vafot etdi. Bu haqda tuman hokimiyati matbuot xizmati xabar berdi. Qayd etilishicha, Shofirkon tuman tibbiyot birlashmasiga 11-yanvar kuni bir oiladan 4 nafar shaxs sog‘ligidagi yomon o‘zgarishlar sabab murojaat qilib kelgan. Ushbu fuqarolardan olingan tekshiruv natijalariga ko‘ra, ular botulizm kasalligiga chalingani aniqlangan.
“Ularga viloyatning malakali mutaxassislari tomonidan muntazam ravishda kerakli amaliy yordam ko‘rsatilgan”, deyiladi xabarda.
Davo muolajalaridan so‘ng, oilaning 3 nafar a’zosi sog‘lig‘ida ijobiy o‘zgarishlar yuz bergan va mutaxassislar tomonidan uylariga ketishiga ruxsat berilgan. Biroq bemor I.Sh.da tuzlamadan ko‘proq iste’mol qilgani, kasallik alomatlari og‘ir kechishi oqibatida ko‘rsatilgan reanimatsion chora-tadbirlarga qaramasdan biologik o‘lim holati sodir bo‘lgan.