So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Qidiruvdagi oʻzbekistonlik Qozogʻistonda qoʻlga olindi
Qozogʻistonning Aqtoʻbe viloyatidagi “Jaysan” temiryoʻl nazorat-oʻtkazish nuqtasida xalqaro qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi ushlandi.
Qayd etilishicha, u Moldova IIV huzuridagi Interpol Milliy markaziy byurosi tomonidan noqonuniy narkotik moddalarni tashish aybi bilan qidiruvda boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra, gumondor 2013-yilda boshqa shaxslar bilan birgalikda xalqaro narkotik moddalar yetkazib berish tizimini tashkil qilgan. Moldova hududiga kirishga uringanida uning yonidan 46 gramm “geroin” topilgan.
Bildirilishicha, hozirda ushbu shaxs vaqtinchalik saqlash izolyatoriga joylashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kirov tumanida oʻzbekistonlik erkak 15 kilogramm “gashish” bilan qoʻlga olingandi. Unga nisbatan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar yoki ularning analoglarini qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish, sotish yoki joʻnatishga urinish boʻyicha (Rossiya Jinoyat kodeksining 30-moddasi 3-qismi, 228.1-moddasi 4-qismi “g” bandi) jinoiy ish qoʻzgʻatilgan va hibsga olingan.