So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
2 yilda 127 marotaba qoida buzgan avtobus yoxud mas’ullar qachon uyg‘onadi?
Farg‘ona shahrida YPX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reyd tadbiri e’tiborimizni tortdi!
Farg‘ona - Bag‘dod yo‘nalishida qatnovchi va aholiga yo‘lovchi tashish xizmatini ko‘rsatuvchi davlat raqami 01 642 AJA bo‘lgan mikroavtobus YPX xodimlari tomonidan tekshirilganda 2 yilda 127 marotaba qoida buzgani ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzarliklarining aksariyati belgilangan tezlikni me’yoridan oshirish holati qayt-qayta takrorlangan. Yo‘lovchi tashuvchi mikroavtobus haydovchisining bu kabi qilmishi odamni havotirga soladi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu mikroavtobus har xil haydovchilar tomonidan boshqarib kelingan. Aynan kimlar boshqargani, nega yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘yib harakatlangani esa noma’lum.
Savol: nega bu kabi juda ko‘p marotaba tezlikni oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan qoidabuzarlik qayta-qayta sodir etib kelingan-u, tashuvchi korxona mexanigi yoki rahbari o‘z vaqtida nazorat qilmagan? Bunday qoidabuzarlar ishlayotgan xususiy tashkilotlarni kim nazorat qiladi o‘zi?!
Inson hayoti bebaho ne’mat. Unga hech qanday kuch xavf solmasligi kerak. Tadbirkorning maqsadi daromad topish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash bo‘lsa-da, u insonlar hayotini xavf ostiga qo‘yishi mumkin degani emas.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining bosh me’zoni inson qadri va uning himoyasiga qaratilgan bo‘lib, fuqarolarning mol-mulki, hayoti, qadr-qimmati davlat himoyasiga olingan deb yozilgan. Bu so‘zlar shunchaki, so‘zlar emas, bosh qonunda belgilangan. Har qanday qonun yoki qaror, qonun-osti hujjatlari Konstitutsiyadan ustun emas!
Bunday savol berishga majbur qilgan narsa shuki, kimga aytilsa tadbirkorni tekshirishga ruxsat YO‘Q, degan javobni beradi. Ombudsman ruxsati kerak, degan yaxshi bahonasi bor barcha nazorat qiluvchi tashkilotlarning.
Bitta haydovchining besabrligi oqibatida bir nechta odamlar mudhish YTH qurboniga aylanmasligiga kim kafolat beradi? Ombudsman zimmasiga oladimi insonlar hayotini, sog‘ligini kafolatlab bera oladimi?
Mas’ullar nega bunday beparvo bo‘lib qolishdi. Ularning beg‘amliklari, oldindan tegishli chora ko‘rmasligi, mudhish voqealar yuz bergandan keyin ochiqchasiga bilinib qolmoqda.
Bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha Farg‘ona viloyati IIB YHXB JXX qanday xatti-harakatlarni amalga oshiryapti?! MIB-chi?
O‘ylaymizki, bunday holatlar tegishli tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida nazoratga olinib, qonuniy chorasi ko‘riladi va yakuni bo‘yicha rasmiy izoh beriladi.