So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Baxmalda haydovchi 4 va 13 yoshli qizlarni urib qochib ketdi. Qizaloqlar voqea joyida vafot etgan
Joriy yilning 18-noyabr kuni soat 19:30 larda Baxmal tumani hududidan oʻtgan “Gʻallaorol-Baxmal-Supa-Zomin” 4R-41 yoʻlining 29 km.da Baxmal tumani Qutlugʻobod MFY Kaltatoy qishlogʻida yashovchi 1991-yilda tugʻilgan A.O “Cobalt” rusumli, avtoulovida yoʻl transport hodisasini sodir etgan.
U mashinasini Oʻsmat yoʻnalishi boʻyicha boshqarib kelayotib, yoʻlning belgilangan joyidan kesib oʻtayotgan voyaga yetmagan piyodalar, Oʻsmat SHFYda yashagan, 2011-yilda tugʻilgan I. M va uning singlisi, 2020-yilda tugʻilgan I.Klarni urib yuborib, hodisa joyidan yashiringan. Oqibatda opa-singillar turli tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni Jizzax viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan gumonlanuvchi O.Aga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi va 117-modda 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib ushlangan va vaqtincha saqlash hibsxonaga joylashtirilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.