So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
21-23-noyabr kunlari Oʻzbekiston boʻylab qanday havo boʻlishi kutilmoqda?
21-23-noyabr kunlari mamlakatning aksariyat hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi va harorat iliq boʻladi.
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
BUXORO, NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 21 nyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 22-23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 21-22-noyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 21-noyabrda 12-17° iliq, 22-23-noyabrda 14-19° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq boʻladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 21 nyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 22-23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 21-22 nyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq boʻladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, 21-22 nyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi, 23-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 6-11° iliq, kunduzi 17-22° iliq boʻladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq- 3° iliq, kunduzi 8-13° iliq boʻladi.
RESPUBLIKANING TOGʻ OLDI VA TOGʻLI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq boʻladi.