So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Oʻzbekistonda ikki nafar sobiq hokim qamoqqa olindi
Qamoqqa olinganlardan biri avval viloyati hokimi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Buxoro viloyati hokimi oʻrinbosari, Kogon hokimi lavozimida ishlagan Yoʻldosh Jumayev qamoqqa olingan. Bundan tashqari, Qorakoʻl tumani sobiq hokimi Sherali Salomovga ham nisbatan jinoyat ishi ochilib, qamoqqa olingan.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining Effect.uzʻga maʼlum qilishicha, Buxoro viloyat prokuraturasining ish yurituvidagi jinoyat ishi doirasida davlat manfaatlariga juda koʻp miqdordagi zarar yetkazgan Korakoʻl tumani sobiq hokimi Sherali Salomovga nisbatan JKning 205 va boshqa moddalari bilan ayblov eʼlon qilinib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Avval Olot tumaniga hokimlik qilgan Salomov 2020-yil fevralida Qorakoʻlga rahbar etib tayinlangan boʻlib, 2021-yilning dekabrida ishdan olingan.
2020-yil fevralida Kogon tumaniga hokimi lavozimidan ozod etilgan Yoʻldosh Jumayevga nisbatan jinoyat ishi ochilib, ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan. Jumayevning davlat manfaatlariga keltirgan zarari 3,5 mlrd soʻm deb baholanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, Yoʻldosh Jumayev 2020 Kogon hokimligidan ishdan olinib, Buxoro viloyat hokimining oʻrinbosari — mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlangan edi.
Keyinchalik, ushbu lavozimda qariyb ikki yil davomida faoliyat olib borgan Jumayev 2021-yil dekabrida ishdan olingan. Uning oʻrnini Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshligʻi sifatida faoliyat koʻrsatgan Ahror Gʻulomov egallagan.
Shuningdek, noyabrda Buxoro shahar hokimii oʻrinbosari lavozimidan ishdan boʻshatilgan Farhod Qosimovga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir