So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 500 million dollardan oshdi
Oʻzbekiston 90 yillarda Tojikistonning asosiy savdo sherigi boʻlgan.

Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi yanvar-noyabr oylarida oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 26,7 foizga oshib, 503 million dollarga yetdi. Bu haqda Asia Plus xabar bermoqda.
Maʼlum boʻlishicha, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash tuzilmasida qariyb 167 million dollar (33,2 foiz) tojikistonlik mahsulotlarning Oʻzbekistonga eksporti va qariyb 336 million dollari (66,8 foiz) Tojikiston tomonidan oʻzbek tovarlari importiga toʻgʻri keladi.
Statistik maʼlumotlariga koʻra, Tojikiston qoʻshni respublikaga asosan xom ashyo: birlamchi alyuminiy, elektr energiyasi, paxta tolasi, ruda, sement, teri xomashyosi, pilla, ipak xom ashyosi, shuningdek, turli gazlamalar, spirtli ichimliklar, gilamlar va boshqalar yetkazib beradi.
Oʻzbekistondan tayyor toʻqimachilik mahsulotlari, tabiiy gaz, mineral oʻgʻitlar, plastmassa, poyabzal, kulolchilik mahsulotlari, rangli metallar, elektrotexnika va mexanik uskunalar eksport qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston prezidenti boʻlganidan soʻng, Tojikiston va Oʻzbekiston oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 7 baravardan koʻproq oʻsdi – 2016-yildagi 70 million dollardan sal koʻproqdan toʻliq boʻlmagan 2022-yilda 500 million dollardan oshdi. Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston 90 yillarda Tojikistonning asosiy savdo sherigi boʻlgan. 1995-yilda oʻzaro tojik-oʻzbek tovar ayirboshlash hajmi 250 million dollarni tashkil etgan, bu boshqa barcha MDH davlatlari bilan umumiy savdo hajmidan ikki baravar koʻp.



