So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Pokistonda terakt oqibatida 24 kishi vafot etdi
Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terakt qurbonlari soni 24 kishiga yetdi, 46 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda “Dawn” politsiya maʼlumotlariga tayanib.
Yangilangan maʼlumotlarga koʻra, stansiyada portlash mahalliy vaqt bilan soat 08.25 Jaffer Express poyezdi Kvettadan Peshovarga joʻnashi kerak boʻlganidan biroz oldin sodir boʻlgan. Xudkush-terrorchi vokzalga yuklari bilan kirib, odatda koʻp odamlar toʻplanadigan temir yoʻl vokzalining kassasi yonida terakt sodir etgan.
Kvetta temir yoʻl vokzalidagi xudkushlik hujumi oqibatida kamida 24 kishi halok boʻldi, 46 kishi yaralandi”, dedi Kvetta komissari Hamza Shafqat, portlashda tinch aholidan tashqari, huquq-tartibot idoralari xodimlari ham halok boʻlgan.
Rasmiylar jamoatchilikni hujum joyiga yoki yaradorlar davolanayotgan shifoxonaga bormaslikka chaqirib, “bunday hodisalarda ikki marta hujum qilish xavfi borligini” qayd etdi.
“Biz hozir shaharni oʻrab oldik va tekshiruv oʻtkazmoqdamiz. Har qanday yigʻilish taqiqlangan”, deya qoʻshimcha qilgan Shafqat.
Rasmiylarga koʻra, portlash uchun masʼuliyatni taqiqlangan harbiylashtirilgan “Belujiston ozodlik armiyasi” guruhi oʻz zimmasiga olgan.