So`ngi yangiliklar
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti endilikda O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb nomlanadi
Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?
Prezident taʼlim sifatini oshirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi
Namangan shahar hokimi noqonuniy oʻrnatilgan radarlarni olib tashlashni soʻradi
“Kattalar”ning bosimida qolgan sud qarori
Futbol boʻyicha oʻn yetti yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogi oʻyinlari gʻoliblari va ishtirokchilarini mukofotlash toʻgʻrisida qaror chiqarildi
Suv xoʻjaligi yoki pul xoʻjaligi: Kattalarning vaʼdalari suvga qoʻshilib oqib ketdimi?
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
2023-yilda Oʻzbekiston YAIM 5,3 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda
Yigʻilishda 2023-yilda 18 milliard dollarlik tarmoq va hududlar eksporti rejasi ham taqdimot qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida joriy yilda kutilayotgan va 2023-yilga moʻljallangan makroiqtisodiy prognozlar muhokama qilindi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.
Maʼlum boʻlishicha, jahondagi murakkab vaziyatga qaramay, joriy yilda mamlakatimiz iqtisodiyoti 5,5 foizga oʻsishi, eksport 13 foizdan koʻproq oshib, 19 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Davlat siyosatida aholi bandligini oshirish va turmush darajasini yaxshilash maqsadi ustuvor boʻlib qolmoqda.
Jumladan, 2022-yilda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini uzoq yillar qiynab kelgan masalalarni hal qilishga byudjetdan 8 trillion soʻm yoʻnaltirildi.
“Tashabbusli byudjet” doirasida 8 millionga yaqin aholi takliflaridan kelib chiqib, mahallalardagi loyihalarga 2,5 trillion soʻm ajratildi. Bunda hududlarning qoʻshimcha iqtisodiy imkoniyatlaridan shakllangan 16,5 trillion soʻm ham hududlar infratuzilmasini yaxshilashga yoʻnaltirildi. 2023-yilda Oʻzbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmi kamida 5,3 foizga oʻsishi prognoz qilinmoqda.
“Dunyoda saqlanib qolayotgan murakkab vaziyatda kelgusi yil ham asosiy maqsad yurtimizda makroiqtisodiy barqarorlikni taʼminlash, inflyatsiyaning keskin oshib ketishining oldini olishga qaratiladi. Yigʻilishda iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarni rivojlantirish, tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash, aholi turmush tarzini yanada yaxshilash chora-tadbirlari belgilab berildi.
Xususan, kelgusi yilda sanoatda 5,1 foiz, qishloq xoʻjaligida 3,5 foiz, xizmatlar sohasida 14,1 foiz oʻsishga erishish boʻyicha muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, aniqlangan zaxiralar hisobiga sanoat ishlab chiqarishi hajmini qoʻshimcha 12 trillion soʻmga oshirish imkoniyati koʻrsatib oʻtildi.
Tadbirkorlikni rivojlantirishga 10 trillion soʻm ajratiladi. Iqtisodiyotga banklar hisobidan 200 trillion soʻm kredit va xalqaro moliya tashkilotlaridan 500 million dollar uzoq muddatli resurs jalb qilinadi.
Kelgusi yilda toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiya va kreditlarni 19 foizga oshirib, qariyb 10 milliard dollarga yetkazish hamda 8 milliard dollarlik yangi yirik loyihalarni boshlash boʻyicha vazifalar belgilandi. Shuningdek, kelgusi yilda hududlarda qariyb 8 milliard dollarlik 300 ga yaqin yirik loyiha ishga tushiriladi. Bu, oʻz navbatida, hududiy sanoatni 11 foizga oshirishga imkon beradi”, - deyiladi xabarda.
Yigʻilishda 2023-yilda 18 milliard dollarlik tarmoq va hududlar eksporti rejasi ham taqdimot qilindi. Jumladan, hududiy eksportni 60 foizga oshirib, qariyb 10 milliard dollarga yetkazish reja qilinmoqda.
Shavkat Mirziyoyev elektr texnikasi, toʻqimachilik, qurilish materiallari, charm sanoati, qishloq xoʻjaligi va farmatsevtika kabi sohalar eksportini kamida 50-60 foizga oshirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.




Izohlar 1
