So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Shoir Mansur Jumayev oʻzini osib oʻldirgani maʼlum boʻldi
Kecha, 5-noyabr kuni shoir Mansur Jumayev 33 yoshida olamdan oʻtgani haqida xabar bergan edik. Maʼlum boʻlishicha, u oʻz joniga qasd qilgan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov maʼlum qildi.
Aniqlanishicha, 2024-yil 5-noyabr kuni taxminan soat 07:30 larda Mansur Toʻrayevich Jumayev yashash xonadonida oʻzini osib vafot etgan. Ushbu holatni aniqlagan turmush oʻrtogʻi tez tibbiy yordamga murojaat qilgan.
Holatga nisbatan birlamchi tashxisga koʻra, u “boʻyin sohasida strangulyatsion chizigʻi mavjud, yurak qon tomir nafas yetishmovchiligi” oqibatida vafot etgan. Hozirda tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Maʼlumot uchun, Mansur Jumayev 1991-yil 17-fevralda Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetini tamomlagan. U hayotining soʻnggi kunlarida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida Adabiy targʻibot va tadbirlarni uyushtirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgandi.