So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Moskvada Oʻzbekiston fuqarosi zoʻrlashga urinishda ayblanib qoʻlga olindi
Rossiya poytaxti Moskvadagi bogʻda oʻzbekistonlik M.X. qizni talon-taroj qilishda va zoʻrlashga uringanlikda ayblanib, hibsga olindi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”
Tergov maʼlumotlariga koʻra, voqea 25-oktyabr kuni 1096-sonli loyihalashtirilgan yoʻlak yaqinidagi bogʻda sodir boʻlgan. Erkak notanish qizga hujum qilib, uning qoʻlidan telefonini tortib olgan, soʻng unga nisbatan jinsiy tajovuz qilib, zoʻrlashga uringan.
Biroq u oʻzining jinoiy niyatini oxirigacha amalga oshira olmagan. Voqea joyida politsiya otryadi tomonidan qoʻlga olindi.
Maʼlum boʻlishicha, hujum qilgan shaxs Oʻzbekiston fuqarosi ekan. Unga qarshi uchta modda: zoʻrlashga urinish, jinsiy zoʻravonlik va talonchilik boʻyicha jinoiy ish ochilgan. Erkakka nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergovchilar suddan ayblanuvchini hibsga olishni soʻramoqchi.