So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Hizbullohning yangi bosh kotibi Isroil ustidan gʻalaba qozonishga vaʼda berdi
Livandagi Hizbulloh harakatining yangi bosh kotibi Naim Qosim tashkilot tarafdorlariga, barcha qurbonliklarga qaramay, Isroil ustidan gʻalaba qozonishini vaʼda qildi. U bu haqda “Al Mayadeen” telekanali orqali koʻrsatilgan saylovdan keyingi birinchi nutqida aytib oʻtgan.
“Oldinda koʻplab qurbonlar bor, ammo ishonchimiz komilki, gʻalaba bizning ittifoqchimiz boʻladi”, deya taʼkidlagan Qosim.
Yangi bosh kotib, shuningdek, tashkilotning marhum rahbari Hasan Nasrullohning ishlarini davom ettirishga vaʼda bergan.
“Mening ish dasturim yoʻlboshimiz Hasan Nasrullohning barcha sohalarda – siyosat, jihod, ijtimoiy soha, madaniyat boʻyicha dasturining davomi boʻladi”, deya urgʻulagan yangi bosh kotib.
“Biz Gʻazo sektoridagi Falastin ozodlik kurashchilarining qarshiliklarini qoʻllab-quvvatlashni toʻxtatmaymiz va oldindan ishlab chiqilgan rejaga muvofiq Isroil bilan harbiy toʻqnashuvni davom ettiramiz”, degan siyosatchisi.
Hizbulloh harakati bosh kotibi Isroilni AQSH bilan Yaqin Sharqni qayta taqsimlash boʻyicha qoʻshma loyihani amalga oshirish maqsadida Livanga hujumni oldindan rejalashtirganlikda aybladi.
“Isroil 2023-yil 7 oktabrda Gʻazo sektoriga bostirib kirishidan oldin ham Livanga hujum uyushtirishni rejalashtirgan. Netanyaxu hukumati u yerda aholi punktlari qurish uchun mamlakatimizning janubiy hududlarini egallab olmoqchi”, degan Naim Qosim.
Avvalroq, AQSH prezidenti Jo Bayden Livandagi urushni toʻxtatish uchun ikki nafar yordamchisini Isroilga yuborgani toʻgʻrisida xabar bergan edik.
Maʼlumot uchun, 2023-yil 7-oktyabrda Gʻazo sektoridan Isroil hududiga Falastinning Xamas harakatining qurolli tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari fuqarolarining oʻldirilishi va 240 dan ortiq kishining garovga olinishi bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi.
Bunga javoban Isroil Hamasning harbiy-siyosiy tuzilmasini yoʻq qilish va oʻgʻirlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida anklavda harbiy operatsiya boshladi. Gʻazo sektoridagi janglar shu kungacha davom etmoqda.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir