So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Turkiya elchixonasida mamlakat tashkil topganining 101 yilligi nishonlandi
Kecha, 29 oktyabr kuni Turkiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan Turkiya Respublikasi tashkil topganining 101-yilligiga bag‘ishlangan qabul marosimi o‘tkazildi. Unda Bosh vazir Abdulla Aripov, Turkiyaning O‘ zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar hamda turli tashkilot, elchixonalar va ommaviy axborot vositalaridan vakillar qatnashdi.
«Respublikamizga asos solinganining 101-yilligini do‘st va qardosh ota yurtimiz O‘zbekistonda nishonlash biz uchun buyuk sharaf. Tarixning biron davrida ikki tomonlama munosabatlarimiz bugungidek yuqori darajaga ko‘tarilmagani, O‘zbekiston global va mintaqaviy miqyosda kundan-kunga tobora ortib borayotgan noaniqliklar va tahdidlarga qaramay, barqarorlik va tinchlik manbai bo‘lishda davom etmoqda» – deydi marosimda so‘z olgan Olgan Bekar.
U, shuningdek, O‘zbekiston hukumatining qo‘shnilari bilan o‘rnatgan tinchlikparvar va o‘zaro manfaatga tayanuvchi hamkorligini e’tirof etadi. Shu bilan birga, Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalar qardoshlikka tayanuvchi «Keng qamrovli startegik sheriklik» doirasida har sohada rivojlanayotgani, iqtisodiyotdan tortib, energetikagacha, ta’limdan madaniyatgacha, transportdan mudofaa sanoatigacha, xavfsizlik, turizm, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik jadal davom etayotganini ta’kidlaydi.
Qabul marosimi yakunida Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning ushbu kunning ahamiyati haqidagi nutqi va tabrigi namoyish etildi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir