So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Isroil Livanda ham 60 kishining umriga zomin boʻldi
Kecha, 28-oktyabr kuni Isroil Livanning sharqiy Bekaa vodiysiga zarbalar berdi. Oqibatda kamida 60 kishi halok boʻlgan, 58 kishi jarohatlangan. Bu haqda Livan sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.

Isroil mudofaa vazirligi mamlakat harbiy-havo kuchlari Livanning Soura shahri hududidagi Hizbulloh nishonlariga zarbalar bergani, shuningdek, Kafarkila qishlogʻidagi guruh infratuzilmasi vayron qilingani haqida aytgan edi.
“The Times of Israel”ning yozishicha, Isroilning Livanning sharqidagi Bekaa vodiysiga bergan zarbalari sababli kamida 60 kishi vafot etgan.
Hujumlar vodiydagi 12 ta hududda sodir boʻlgan. Eng koʻp qurbonlar soni Baalbek shahri yaqinida qayd etilgan. Halok boʻlganlar orasida kamida ikki nafar bola bor. Yana 58 kishi yaralangan. Bular dastlabki maʼlumotlar, qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda. Qurbonlar soni yana koʻpayishi mumkin.
27-oktyabr kuni Isroil Mudofaa vazirligi Livandagi harbiy obyektlarga havoda zarba berilishini bildirgan. Ularning bayonotida tinch aholiga ziyon yetkazmaslikka harakat qilishlari aytilgan. Biroq amalda bunday boʻlib chiqmadi.
Avvalroq, Isroil hujumi ortidan Gʻazoda ham oʻnlab insonlar halok boʻlgani haqida xabar bergan edik.



