So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
Isroil G’azodagi bitta qishloqdan 62 kishini o’ldirdi
Isroil tomonidan qamal ostidagi G‘azo sektori shimolida joylashgan Bayt-Laxiya qishlog‘i hududlaridan birini bombardimon qilishi oqibatida kamida 62 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Falastinning WAFA agentligi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Isroil hujumi oqibatida o‘nlab kishilar jarohatlangan, 20 ga yaqin kishi og‘ir ahvolda mahalliy shifoxonaga yetkazilgan. Portlash natijasida anklavning boshqa hududlaridan majburan ko‘chirilgan falastinlik oilalar istiqomat qiladigan ko‘p qavatli bino vayron bo‘lgan.
Agentlikning taʼkidlashicha, fuqaro mudofaasi boʻlinmalari va tez yordam brigadalari yoʻllardagi toʻsiqlar tufayli hujum joyiga yetib bora olmagan.
2023 yil 7 oktabrda G‘azo sektoridan Isroil hududiga Falastinning Xamas harakatining qurolli tarafdorlari kirib kelishi, chegaradagi aholi punktlari fuqarolarining o‘ldirilishi va 240 dan ortiq kishining garovga olinishi bilan birga Yaqin Sharqdagi vaziyat keskin yomonlashdi.
Bunga javoban Isroil Hamasning harbiy-siyosiy tuzilmasini yo‘q qilish va o‘g‘irlab ketilganlarning hammasini ozod qilish maqsadida anklavda harbiy operatsiya boshladi. G'azo sektoridagi janglar shu kungacha davom etmoqda.



