So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Sinoptiklar 29 oktyabrdan 1 noyabrgacha qanday ob-havo kutilayotganni maʼlum qildi
Ertaga, 29 oktyabr Oʻzbekiston boʻyicha yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha baʼzi joylarda biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Havo harorati kechasi 0-5o iliqqacha, baʼzi joylarda 2o sovuqqacha pasayadi, kunduzi 10-15o gacha biroz koʻtariladi.

30 oktyabr kuni faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasida, shuningdek kechasi va ertalab Toshkent viloyatida biroz yomgʻir yogʻishi ehtimoli bor. Sovuq havo massasi mamlakatimiz hududidan chekina boshlaydi, harorat kechasi 2-7o iliqqacha, kunduzi 12-17o gacha koʻtariladi.
Payshanba va juma kunlari Oʻzbekiston boʻyicha quruq va iliq ob-havo boʻlishi prognoz qilinmoqda. Havo harorati kechalari 2-7o iliq, atrofida boʻladi, kunduz kunlari 15-20o gacha koʻtariladi.
28-30 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda tuman tushishi kuzatiladi.
28-30 oktyabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi.
Poytaxtda: 28 oktyabr kuni birinchi vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduzi 10-12o dan koʻtarilmaydi.
29 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-5o iliq, kunduzi 12-14o boʻladi.
30 oktyabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻadi, kunduzi yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6o iliq, kunduzi 13-15o boʻladi.
31 oktyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-6o iliq, kunduzi 16-18o boʻladi.



