So`ngi yangiliklar
Samarqandda harakatlanayotgan Tracker-2 yonib ketdi
Ertaga qanday ob-havo boʻladi?
“Toshshahartransxizmat”ning sobiq rahbari qamoqdan ozod etildi
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik maosh 6 mln soʻmga yaqinlashdi
Ikki viloyatda oʻqishga kiritib qoʻyish uchun pora olganlar ushlandi
Avtosugʻurta narxi kamida 4 barobar oshiriladi
Toshkentdagi avariyada 20 yoshli haydovchi halok boʻldi
Hamas va Isroil ikki kunlik otashkesim joriy qilishi mumkin
Kecha, 27-oktyabr kuni Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisiy Isroil va Hamas oʻrtasida ikki kunlik otashkesim joriy qilish borasida oʻzining taklifini bildirgan.

Abdulfattoh as-Sisiyning taklifiga koʻra, ikki kun oʻq otish toʻxtasa, garovga olingan 4 nafar isroillik oʻrniga falastinlik tutqunlarni almashtirish mumkin.
Qayd etilishicha, Hamas Isroil bilan kelishuvga tayyor.
“Agar Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «muzokaralarda olib borilgan narsani bajarishga vaʼda bersa”, deyilgan bayonotda.
“The Times of Israel” nashrining aniqlik kiritishicha, Hamasning yuqori martabali vakili Gʻazo sektorida oʻt ochishni toʻxtatish va garovga olinganlarni ozod qilish boʻyicha muzokaralar qayta boshlangan bir paytda harakat Isroil bilan kelishuvga ochiq ekanini aytgan.
Xabarga koʻra, Qatardagi Hamas siyosiy byurosi aʼzosi Husam Badran Shehab kelishuvga erishish mumkinligini tasdiqlagan.
“Bizning talablarimiz aniq. Agar (Isroil Bosh vaziri Benyamin) Netanyaxu muzokara qilingan narsani bajarishga vaʼda bersa, kelishuvga erishishimiz mumkin”, degan Badran.
Badranning soʻzlari Misrning Gʻazoda toʻrt nafar isroillik garovga olinganlarni bir necha falastinlik mahbuslarga almashish uchun ikki kunlik otashkesim haqidagi taklifiga munosabatmi yoki yoʻqmi hozircha noaniq.
“Al Arabia” xabar berishicha, Hamas Misr taklifini qabul qilishga tayyor, agar Isroil buni potensial keng qamrovli kelishuvning bir qismi deb hisoblasa.
Hamas manbalarining “Asharq News” telekanaliga aytishicha, guruh alohida kelishuvlar oʻrniga keng qamrovli kelishuv bitimiga erishishni afzal koʻradi.



