So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Migrantlarga qarshi Maskning oʻzi AQShda bir yil noqonuniy yashagan
“SpaceX” asoschisi, AQShning eng yirik tadbirkorlaridan biri va sayyoramizning eng badavlat insoni Ilon Mask faoliyatini AQShda yuridik maqomsiz boshlagan. Bu haqda “The Washington Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, noqonuniy migratsiyaga qarshi chiqqan Tesla asoschisi oʻqishni tashlab ketgan boʻlsa-da, AQShda talaba vizasi bilan qolishda davom etgan. Janubiy afrikalik fuqaro AQShdagi Stenford universitetiga oʻqish uchun kelgan, biroq 1995 yilning kuzida semestr boshlanganidan koʻp oʻtmay, u oʻz boʻlimi boshligʻiga qoʻngʻiroq qilib, darslarga qatnashmasligini aytgan. Qonun boʻlajak biznesmendan Qoʻshma Shtatlarni tark etishini talab qilgan.
U oʻzining birinchi kompaniyasi Zip2ni (Global Link Information Networkning asl nomi) ishga tushirayotganda vizasining muddati oʻtib ketgan.
1996 yilda “Mohr Davidow Ventures” venchur kapitali firmasi Zip2-ga 3 million dollar sarmoya kiritgan. Mask va uning akasi Kimbel Qoʻshma Shtatlarda qonuniy maqomga ega emasligini bilib, moliyalashtirish shartnomasida Mohrga investitsiyalarini qaytarib olishga ruxsat beruvchi band kiritilgan. Mask va akasi 45 kun ichida ish vizalarini olishi kerak edi.
Qoʻshma Shtatlardagi immigratsiya maʼlumotlari chop etilmagani uchun Maskning immigratsiya maqomi qachon oʻzgarganini aniqlash qiyin. Biroq maqolada taʼkidlanishicha, kompaniya 1996 yilda aka-ukalarga viza olish uchun advokat yollagan. Demak, u ham, akasi ham yil davomida mamlakatda noqonuniy boʻlgan.
"SpaceX" asoschisining hamkasblari Mask AQShda noqonuniy boʻlganida mashina haydab yurganini va unga haydovchilik guvohnomasi va avtomobil sugʻurtasi zarur boʻlganni tasdiqlagan.
Tadbirkor mamlakatdagi noqonuniy migratsiya bilan bogʻliq vaziyatni tez-tez tanqid qilgan. Lekin uning oʻtmishni unutgan koʻrinadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir