So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Soʻrovlarga koʻra, Tramp va Harrisning imkoniyatlari tenglashdi
Joriy yilning 5-noyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidentligiga saylovlar boʻlib oʻtadi. Saylov kuniga ikki haftada kamroq vaqt qoldi. Amerikalik Donald Tramp va Kamala Harrisdan birini tanlashi kerak. oʻtkazgan soʻrovga koʻra, ikki nomzodning prezidentlik poygasidagi imkoniyatlari tenglashgan
Bugun, 26-oktyabr kuni eʼlon qilingan tadqiqot natijalarida aks etishicha, Demokratlar nomzodi vitse-prezident Harrisni va Respublikachi sobiq prezident Tramp ham amerikalik saylovchilarning 49 foiz ovoziga ega boʻladi.
Emerson kolleji maʼlumotlariga koʻra, Harris yozda amerikaliklarning qoʻllovi boʻyicha raqibini ortda qoldirdi. Oʻshanda beri birinchi marta ikki nomzod oʻrtasidagi kurashda tenglik kuzatilgan.
Tadqiqot shuni koʻrsatdiki, Trampni koʻproq mustaqil nomzodlar qoʻllab-quvvatlamoqda. Ular oʻzlarini asosiy siyosiy partiyalarning birortasi bilan bogʻlamaydi. Shunchaki ular Donaldga ovoz bermoqchi. Erkak saylovchilar ham Trampni yoqlaydi.
Oʻz navbatida Harrisga Trampdan koʻra koʻproq ayollar ovoz berishga tayyor.
Soʻrovlar 23-24-oktyabr kunlari ming nafar saylovchilar orasida oʻtkazilgan. Natija uchun xato chegarasi 3 foiz punktni tashkil qiladi.
Maʼlumot uchun, AQSHda prezidentlik saylovlari 5-noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Kamala Harris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Donald Tramp ishtirok etadi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir