So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Rossiya Kiyevdagi koʻp qavatli binoga zarba berdi. Bir kishi qurbon boʻlgan
Kecha, 25-oktyabr kuni Rossiya uchuvchisiz samolyoti Ukraina poytaxti Kiyevdagi koʻp qavatli turar-joy binosiga urilgani oqibatida yuqori qavatlarda yongʻin kelib chiqqan. Bir kishi halok boʻlgan va besh kishi jarohatlangan. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Poytaxt harbiy maʼmuriyati rahbari Sergey Popkoning aytishicha, shahar markazidan gʻarbda joylashgan Solomyanskiy tumanidagi koʻp qavatli uydan 100 dan ortiq aholi evakuatsiya qilingan.
“Solomyanskiy tumanidagi koʻp qavatli uyda 17-qavatdan 21-qavatgacha boʻlgan xonadonlar shikastlangan”, degan Popko.
Shahar meri Vitaliy Klichko oʻsmir qiz vafot etganini aytgan. Besh yaradordan biri shifoxonada davolanayotgan boʻsa, voqea joyida birinchi tibbiy yordam chodiri oʻrnatilgan.
Favqulodda xizmatlar yongʻin nazoratga olinganini maʼlum qilgan. Ularning saytida joylashtirilgan fotosuratlar va videolarda oʻt oʻchiruvchilar yongʻinga qarshi kurashda uzun koʻtargichlardan foydalangani koʻrsatilgan.
Popko shuningdek, dron parchalari markaziy Shevchenkivskiy tumanidagi ochiq maydonga ham qulaganini bildirgan. Qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir