So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
“Natija Rossiya foydasiga boʻlishi kerak” – Putin Ukrania bilan muzokaralarda yon bermoqchi emas
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina bilan ehtimoliy tinchlik muzokaralarida hech qanday yon berishga bormaydi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri xabar berdi.

Putinga koʻra, mumkin boʻlgan tinchlik muzokaralari jang maydonida yuzaga kelayotgan voqeliklarga asoslanishi kerak.
“Rossiya “Ukraina bilan oqilona murosalarga” tayyor, biroq hozircha toʻgʻridan-toʻgʻri muzokaralar olib borilmayapti”, degan Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
Prezident Rossiya tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirib, tafsilotlarga to’xtalmasligini aytgan.
“Biz murosa izlashga tayyormiz, biz bu oqilona murosaga tayyormiz, ammo men hozir tafsilotlarga to‘xtalishni istamayman, chunki mazmunli muzokaralar yo‘q, boshqa tomon buni rad etadi”, degan Putin.
Uning so'zlariga ko'ra, gap imtiyozlar va almashinuvlar haqida ketmayapti.
“Natija Rossiya foydasiga boʻlishi kerak. Men hech qanday xijolat boʻlmasdan, ochigʻini aytaman. Jang maydonida yuzaga kelayotgan voqeliklardan kelib chiqishim kerak. Shubhasiz, biz bu yerda hech qanday yon bermoqchi emasmiz, hech qanday almashinuv boʻlmaydi”, degan Rossiya rahbari.
Putin Ukraina tomonini tinchlik muzokaralariga kelganda “mantiqsiz xatti-harakatlarni” amalgam oshirishda aybladi. Shuning uchun nimadir to’g’risida Ukraina bilan kelishuvga erishish mumkinligi to’g’risida gapirishga ertaligini aytib o’tdi.
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal sentabr oyida Kiyev “Rossiya Federatsiyasi tomonidan manipulyatsiya qilinishining oldini olish va tinchlik muzokaralarini olib borishga qodirligini yoki qodir emasligini barcha ishtirokchilarga ko‘rsatish” uchun Ukraina bo‘yicha navbatdagi tinchlik sammitida Rossiya vakilining ishtirok etishini istashini aytgan.
Iyul oyida Moskva Rossiya Ukraina prezidentining “formulalari”ga mos keladigan “ultimatumlarni qabul qilmasligini” bahona qilib, bunday sammitda ishtirok etishdan bosh tortgan edi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy adolat sari yagona yo‘l “tinchlik uchun faqat Ukraina formulasi, xalqaro huquq normalari, Ukraina hududiy yaxlitligi va suvereniteti” ekanligini ta’kidlagan.



