Qidirish

14:12 / 2024-10-26 140 0 Siyosat

Putin dollarga raqobat qiladigan valyutani taqdim etdimi?

2025-yilda Braziliyada boʻlib oʻtadigan BRICS sammitida tashkilot aʼzo davlatlarning ramzlari tushirilgan banknotalar ishlab chiqaradi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar berdi.

 

world-news

Manbaning qayd etishicha, banknotaning yaratuvchisi Evgeniy Fedorov hisoblanadi.

Joriy yilning 22-23-oktyabr kunlari Rossiyaning Qozon shahrida boʻlib oʻtgan sammitda BRICS banknotasi bilan tanishib uni Markaziy bank rahbari Elvira Nabiullinaga namoyish qilgan edi.

Banknotada BRICSga aʼzo davlatlarning bayroqlari va ularning mashhur hayvonlarini koʻrish mumkin. Misol uchun Rossiya bayrogʻi tepasiga ayiq ramzi va Xitoynikiga esa yoʻlbars ramzi tushirilgan. Teskari tomonida tashkilotga yangi qoʻshilgan davlatlarning belgilari aks etadi.

Braziliyadagi sammitda mana shunday banknotalardan 200 ta ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Bu boshqa oddiy pullar bilan bir-xil texnologiya asosida tayyorlanadi va sifati oʻta yuqori darajada boʻladi. Biroq uni toʻlov vositasida ishlab chiqarib boʻlmaydi.

Yuqoridagi gaplardan kelib chiqadiki, Vladimir Putin dollarga raqobat qiladigan valyutani taqdim etdi qabilidagi xabarlar gʻirt safsata.

Tashkilot aʼzolari dollarga zarba berish maqsadida, oʻzaro savdoni milliy pullarda amalga oshirishga kelishib olishdi. Bu qanchalik amalga oshadi va dollarga qanchalik taʼsir koʻrsatadi. Buni bilishimiz uchun ancha vaqt kerak boʻladi.

Maʼlumot uchun, BRICS bundan 20-yil oldin “Goldman Sachs” (AQSH banki) ichida oʻylab topilgan va uning asosiy maqsadi AQSH va Gʻarbdan boshqa yirik bozorlarning jahondagi iqtisodiy oʻrnini tasvirlash boʻlgan. Hozirda BRICS davlatlarida dunyo aholisining 45 foizi yashaydi. Global iqtisodiyotning 35 foizi tashkilotga aʼzo davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi.

Izohlar 0

Fikr bildirish